23 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,2 °C

Xalqaro munosabatlar
9 Mart  2019 1507

Janubiy Koreyaning Madaniyat, sport va turizm vaziriga yurtimizdagi festivallarda qatnashishi uchun taklifnoma berildi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullaev 8-mart kuni Koreya Respublikasiga tashrif buyurdi. Koreyaning Madaniyat, sport va turizm vaziri Du Jonxvan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida ikki davlat o‘rtasida bir qator bitimlar imzolanishiga kelishib olindi.

Madaniyat vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ikki davlatda Madaniyat kunlarini o‘tkazish, O‘zbekistonda madaniy meros ob'ektlarini konservatsiya va restovratsiya ishlarini hamkorlikda olib borish va unga Koreya davlatining grantlarini jalb etish, Osiyo madaniyat markazida o‘zbekistonlik mutaxassislarining  malakasini oshirish, Koreyaning madaniyat yo‘nalishidagi ta'lim maskanlari bilan hamkorlik qilish, O‘zbekistonda Koreya madaniyat maktablarini ochish belgilandi.

Shuningdek, Koreyaning Madaniyat, sport va turizm vaziriga  Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 5-10-aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan Xalqaro Baxshichilik san'ati festivali hamda Samarqanddagi "Sharq taronalari" xalqaro festivaliga faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar topshirildi.

Shu bilan birga Madaniyat vazirining  Koreyaning madaniy meros administratsiyasi direktori Jey Suk Chong xonim bilan uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi.

Unda Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasiga  rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining madaniy meros departamenti va Koreyaning madaniy meros administratsiyasi bilan anglashuv Memorandumi imzolanishiga kelishildi. Afrosiyob muzeyini rivojlantirish maqsadida grantlarni jalb etish va Surxondaryo viloyati buddaviylik tarixiga oid eksponatlarini saqlash va ulardan foydalanish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Sohani rivojlantirish yo‘lida bir qator ustuvor yo‘nalishlar muhokama etildi. Endilikda hamkorlikda yo‘l xaritalari ham ishlab chiqiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech