11 Avgust 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,8 °C

Salomatlik
23 Iyul  2020 466

Janubiy Koreyadan ikkinchi insonparvarlik yordami yetib keldi

Janubiy Koreya hukumati COVID-19 ga qarshi kurashish uchun Oʻzbekistonga ikkinchi insonparvarlik yordamini taqdim qildi.

Koreya Respublikasi hukumati taqdim etgan insonparvarlik yordamining ikkinchi joʻnatmasi ortilgan “Korean Air” aviakompaniyasi samolyoti bugun Oʻzbekistonga yetib keldi.

Janubiy Koreyaning mamlakatimizdagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, 144 ming dona tibbiy niqobdan iborat insonparvarlik yordamining birinchi joʻnatmasi joriy yil 10-iyulda yetkazib berilgan edi. Hozirgi koʻmak yuki ham 206 ming dona shu kabi tibbiy niqoblardan tarkib topgan.

Taʼkidlash joiz, koronavirus infeksiyasining dastlabki kunlaridan Koreya Respublikasi mamlakatimiz sogʻliqni saqlash tizimiga doimiy ravishda texnik va maslahat yordamini koʻrsatib kelyapti.

Xususan, koronavirus tarqalishining dastlabki bosqichida professorlar Soy Chje Uk va Yun Sыng Ju maslahatchi sifatida Oʻzbekistonda boʻlib, mahalliy mutaxassislarga kasallikka qarshi kurashda yordam berdi. Aprel oyi oxirlarida mamlakatimizga qiymati 250 ming dollarga teng boʻlgan diagnostika toʻplamlari taqdim etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech