05 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,4 °C

Raqamlashtirish
11 Mart  2020 714

Yangibozorda raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi

Xorazm viloyatidagi ushbu markazning kelajakda juda gavjum bo‘lishi kutilmoqda.

O‘quv markazini tashkil etish uchun «O‘zbektelekom» AK Xorazm filialiga qarashli bo‘sh turgan bino tanlanib, to‘liq ta'mirdan chiqarildi va zamonaviy kompyuter texnologiyalari, robototexnika vositalari, kibersport o‘yinlari uskunalari hamda boshqa eng so‘nggi rusumdagi texnikalar bilan jihozlandi.

Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazida axborot texnologiyalari, dasturlash sohalarida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start up loyihalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar. Bu esa ularga mamlakatimiz bo‘ylab amalga oshirilayotgan «Bir million o‘zbek dasturchisi» loyihasida faol va samarali ishtirok etishlariga imkoniyat yaratadi.

Kelgusida markazda tumanning 5 000 nafardan ortiq yoshlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar sohasiga o‘qitish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech