20 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,2 °C

Mamlakatimizda
15 Iyul  2019 726

Yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi

O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi (PQ–4375-son, 28.06.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma'lum qiladi.

Qarorga muvofiq, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida quyidagi prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etildi:

- Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Mudofaa vazirligi tarkibida);

- Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Davlat xavfsizlik xizmati tarkibida);

- Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Ichki ishlar vazirligi tarkibida);

- Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Milliy gvardiya tarkibida);

- Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi (Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida).

- Qaror bilan shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

- Prinsipial yangi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarini tashkil etish va ularning o‘quv-tarbiyaviy jarayonini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi;

- “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi to‘g‘risidagi nizom;

- Harbiy-akademik litseyning namunaviy tashkiliy-shtat tuzilmasi;

- Harbiy-akademik litseylarga biriktirilgan oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarining ro‘yxati.

Yangi shakllantirilayotgan “Temurbeklar maktablari”ga qabul va o‘qitish 2020/2021-o‘quv yilidan boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech