04 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +32,4 °C

Agrosеktor
29 Aprel  2020 396

Yangi klaster mamlakatimizda yetakchilar safiga kirmorqchi

“Jizzax Organic” qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyatida 250 ish oʻrnini yaratdi.

Barchamizga maʼlumki, koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida joriy etilgan cheklovlar tufayli koʻplab aholi daromad manbalaridan ayrildi. Hozirda Jizzax viloyatida ishsizlik darajasi 9,2 foizni tashkil etmoqda. Lekin shunga qaramay, mahalliy tadbirkorlar oziq-ovqat xavfsizligi va ayniqsa aholi bandligini taʼminlash borasida bir qancha yangi yoʻnalishlarni amalga oshiryaptilpr

Jizzax viloyati Zomin tumanida tashkil etilgan “Jizzax Organic” HK MCHJning loyiha qiymati 150 million dollar. Mazkur qishloq sanoati klasteriga sugʻoruvchi, traktorchi yordamchisi va turli ishlarni bajaruvchi ishchilar lavozimlariga, jami 250 kishini ishga qabul qilish jarayoni davom etyapti.

Bu yerda shakllkangan vakansiyalar malaka va maxsus maʼlumotni talab qilmaydi. Bu, ayniqsa, himoyaga muhtoj, “karantindan avval ham ishsiz boʻlgan va kunlik daromadga qaram” aholi qatlamlarini ish bilan taʼminlashga yaxshigina imkon beradi.

“Jizzax Organic”dagi ish oʻrinlari pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirishga yordam berishi shubhasiz. Klasterning ozuqabop ekin maydonlari 5,7 ming gektarga koʻpaytirildi, ajratilgan yerlarda sugʻorish tizimi tiklanmoqda, qishloq xoʻjaligi texnikasi parki kengaytirilgan.

Shuningdek, Yevropadan texnikalar importi hajmi 8,7 million dollarga yetkazdirildi. Hozirda klasterda Avstraliyadan 2,5 ming bosh Dorper nasldor qoʻylarni qabul qilish, Amerika va Rossiyadan 5 ming bosh nasldor qoramol, shu jumladan Rossiya bozorida eng yirik goʻsht ishlab chiqaruvchi “Miratorg”dan 2 ming Angus zotli buqa olish uchun tayyorgarlik ishlari ketyapti.

Klaster xodimlari uchun kuniga uch mahal issiq ovqat va ish joyiga yetkazish uchun transport tashkillashtirilgan, yaqin masofada yashovchi ishchilarga esa velosiped beriladi. Va eng muhimi, yangi boʻsh ish oʻrinlari mavsumiy emas, demak, odamlarning daromadi doimiy va barqaror boʻladi», – deya izoh beradi “Jizzax Organic” direktori Hikmatilla Karimov.

“Jizzax Organic” kompaniyasi goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish, oʻsimlikshunoslik va naslchilik bilan ham shugʻullanadi. Jizzax klasterining yaqin kelajakdagi rejalari – Oʻzbekistonni yirik marmar mol goʻshti ishlab chiqaruvchisiga aylantirishdir, deb xabar beradi Jizzax viloyati Zomin tuman hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech