24 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,1 °C

Mamlakatimizda
15 Yanvar  2019 1012

Yangi davlat boshqaruvi organlari tashkil etildi

Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
  • Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
  • Kapital bozorni rivojlantirish agentligi;
  • Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi.

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi Savdo-sanoat palatasiga berildi

Tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining quyidagi funksiyalari:

  • bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish funksiyasi – Davlat soliq qo‘mitasi va yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga;
  • bo‘sh turgan ob’ektlarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyalarning ishchi organi sifatidagi funksiyasi – Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga o‘tkazildi.

Farmonga muvofiq, davlat ulushlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, samarali va shaffof xususiylashtirishni ta’minlash davlat siyosatining asosiy yo‘nalishi etib belgilandi.

  • davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish – Davlat aktivlarini boshqarish agentligining;
  • tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta’minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining;
  • qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, tartibga solish va korporativ boshqaruv sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish – Kapital bozorni rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisoblanadi.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech