18 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +25,7 °C

Transport
15 Mart  2019 1615

Yandeks.Metro yangi ilovasi: yanada oson, yanada qulay!

Undan kerakli yo‘nalishni aniqlash, bir liniyadan ikkinchisiga o‘tish va qancha vaqt yurish borasida malumot olish mumkin.

 

Buning uchun foydalanuvchidan boshlang‘ich va oxirgi manzilni ko‘rsatish talab etiladi, xolos. Yandeks.Metro shaharga chiqish yoki boshqa liniyaga o‘tish uchun kerakli yo‘nalish va qulay vagonni ko‘rsatib beradi. Ilovada har bir bekatning ish jadvalini va ularning shahar xaritasidagi o‘rnini ko‘rish imkoniyati mavjud. Agar bekat ta'mirlash uchun yopilsa, bu sxemada ham o‘z aksini topadi.

Ilova Android va iOS orqali kirish mumkin va u internetsiz ishlaydi. Foydalanuvchining o‘zi metro sxemasining o‘zbek yoki rus tilidagi ilovasini mustaqil tanlaydi. Kelgusida sxemada Toshkentning diqqatga sazovor joylari va boshqa foydali mo‘ljallar ham paydo bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech