10 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,3 °C

Transport
19 Sentyabr  2019 4299

Jamoat transportidan foydalanuvchilarga yana bir qulaylik

«Toshshahartransxizmat» AJ va Yandeks kompaniyasi o‘rtasida hamkorlikdagi avtobus yo‘nalishlari mobil ilovasi sinovlari muvaffaqiyatli yakuniga yetdi, deb xabar beradi jamiyat matbuot xizmati.

17-sentabrdan boshlab, Yandex.Maps “Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslarining harakatini Yandeks Maps ilovasi orqali kuzatish mumkin bo‘ladi. Jamoat transportidan foydalanuvchilarga sir emaski, “Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslarida GPS mobil ilovasi avvaldan ishlab kelmoqda, unga yana bir qo‘shimcha sifatida endi yandeks ilovasi ham qo‘shildi. Endi shahrimiz aholisi kerakli transport qaerda va qancha vaqtda yetib kelishini bir emas bir necha ilovalar orqali kuzatib borishi mumkin bo‘ladi.

Yandeks ilovasi ishlash davomida yanada takomillashitirilib boriladi. Shuningdek, uning o‘zbek tilida ham ishlashi undan foydalanish qulayligini yana bir karra oshiradi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech