07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Xalqaro hamkorlik
9 Mart  2020 787

Yaqin qo‘shnichilik hamkorlikdagi ishda bilinadi

Joriy yilning 8-martida O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasidagi «G‘isht Ko‘prik – Jibek Joli» chegara posti hududida muhim uchrashuv bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov va Qozog‘iston Respublikasi Savdo va integratsiya vaziri B.Sultanov ushbu hududda muzokaralar oli bordilar.

Muzokaralar davomida 2019-yil yakunida savdo aylanmasi 14 foizga o‘sib, 3 milliard dollardan oshgani ta'kidlandi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston ishlab chiqaruvchilarning tovar almashinuvi jarayonida maxsulotlar turi va hajmini kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Shuningdek, yillik o‘zaro tovar aylanmasini yaqin istiqbolda 5 milliard dollarga, yaqin 2-3 yillikda 10 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha ustuvor vazifa belgilab berilgan.

Muloqot davomida bojxona normalari va standartlarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish, bojxona axborot tizimlarini birlashtirish, zamonaviy logistika markazlari qurish dasturini amalga oshirish, chegara o‘tish joylarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan o‘zaro savdoni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar «Markaziy Osiyo» Xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini (XSIHM) tashkil etish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech