06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,6 °C

investitsiyalar
3 Fevral  2020 622

Jahongir Оrtiqxo‘jayev Xitoylik kompaniya rahbari bilan uchrashdi

Toshkentga Xitoy xalq respublikasidagi eng yirik kompaniyalardan biri «Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co.,» rahbari Mi En Xua rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.  

Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan uchrashuvda Jahongir Оrtiqxo‘jayev mehmonlarni poytaxtimizda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar bilan tanishtirdi. Kompaniya rahbariyatini yirik logistika loyihasini amalga oshirish, savdo majmuasi va mehmonxona qurish masalasi qiziqtiradi.

Dastlab Chirchiq daryosining shahrimizdan oqib o‘tuvchi manzillaridagi qismini tartibga keltirish orqali bo‘shaydigan maydonda savdo majmuasi, texnopark, yashil hududlar va turar joylar qurilishiga mo‘ljallangan loyiha yuzasidan ma’lumot berildi. Yana bir loyiha Toshkentning Qozog‘iston bilan chegarasidagi maydonda bajarilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, u logistika markazi, qishloq xo‘jaligi va boshqa turdagi mahsulotlarni saralash punkti qurishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, «Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co.,» rahbariyati Yakkasaroyda buyond etilishi ko‘zda tutilayotgan biznes markazi loyihasida ishtirok etish, «Chorsu» mehmonxonasini yangilash kabi qator loyihalar yuzasidan ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Mi En Xua taqdim etilgan loyihalar Xitoy tomonida katta qiziqish uyg‘otgani va ular bu takliflarni atroflicha o‘rganib, hamkorlik yuzasidan o‘z xulosalarini taqdim etishini ma'lum qildi.

Ma’lumot uchun, «Xinjiang Hualing Industry & Trade (Group) Co.,» kompaniyasi yirik savdo-ulgurji markazlarga ega bo‘lib, 26 ta sho‘ba korxonalarini birlashtiradi va ularda 3 000dan ortiq ishchilar xizmat qiladi, deya xabar beradi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech