16 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Mamlakatimizda
7 Mart  2019 1342

Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Bojxona institutiga tashrif buyurdi

Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi poytaxtimizdagi Bojxona instituti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

 

Professor-o‘qituvchilar va kursantlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonga institut faoliyatidagi so‘ngi yangilanishlar va o‘zgarishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.  Ayniqsa  institut kursantlari tomonidan bojxona sohasiga doir tadqiqot ishlarining ingliz tilida bayon etilganligi Bosh kotibda ijobiy taassurot qoldirdi.

Institutda 2018-2019-o‘quv yilidan nomutaxassislik fanlarning hajmini kamaytirish va mutaxassislik fanlari hajmini oshirish hisobidan uch yillik nazariy kurs hamda hududiy bojxona boshqarmalarida bir yillik stajirovka o‘tashdan iborat o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bojxona organlari rahbar kadrlarini tayyorlash uchun o‘qish muddati 3 oydan iborat bo‘lgan “Bojxona menejmenti” oliy kurslari joriy etilganligi bu boradagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Uchrashuv davomida Bosh kotib jurnalistlar va kursantlarning savollariga javoblar berdi.

Jahon bojxona tashkiloti Bosh kotibi Kunio Mikuriyaning mamlakatimizga tashrifi bugun o‘z nihoyasiga yetadi. Mehmon poytaxtimizning diqqatga sazovor go‘shalari – Temuriylar tarixi muzeyi, Amaliy san'at muzeyi, Alisher Nayoiy nomidagi opera va balet katta teatri bilan yaqindan tanishadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech