19 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +7,5 °C

Mamlakatimizda
20 Avgust  2019 506

Toshkent shahrida yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

Toshkent shahrida “Xavfsiz shahar” integratsiyalangan tizimni yaratish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi (688-son, 19.08.2019 y.). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar qiladi.

Qaror bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashishi markazi integratsiyalangan tizimini saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, loyiha doirasida Toshkent shahrida quyidagilar tashkil etiladi:

- vaziyatlarni boshqarish yagona markazi;

- Ma'lumotlarni qayta ishlash markazi;

- favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, ichki ishlar organlari, tez tibbiy yordam va gaz tizimi shoshilinch tezkor xizmatlari bo‘yicha yagona navbatchi-dispetcherlik xizmati (112);

- davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini “Xavfsiz shahar” tizimiga majburiy integratsiyalash;

- yo‘l harakati qoidalari buzilishi holatlarini foto-video qayd qilish, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatli ob'ektlar monitoringini olib borish.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech