26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Dolzarb
22 Fevral  2019 1639

Isroil Oyni o‘zlashtiradigan to‘rtinchi davlatga aylanadimi?

Juma kuniga o‘tar kechasi Space X kompaniyasining Falcon raketa-tashuvchisi Isroilning SpaceIL kompaniyasiga tegishli “Bereshit” oy kosmik apparatini va Indoneziya PSN-6 (Nusantra Satu)ning aloqa yo‘ldoshini fazoga olib chiqib, uchirdi.

 Space X kompaniyasining xabariga ko‘ra, ikkala apparat ham orbitaga muvaffaqiyatli chiqib olgan.

“Bereshit” apparati aprel oyida yerning tabiiy yo‘ldoshiga qo‘nadi. Uning asosiy vazifasi ─ Oy tuprog‘idan namunalar olish. Agarda kutilmagan vaziyatlar yuzaga kelmasa, Isroil Oyga kosmik apparatni qo‘ndirgan mamlakatlar qatoriga rasman kiradi. Hozirga qadar bunga faqat Rossiya, AQSh va Xitoy davlatlari muvaffaq bo‘lgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech