15 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,9 °C

Mamlakatimizda
30 May  2019 747

Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari tashkil etildi

Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Qaror bilan quyidagilar negizida Respublika o‘g‘il bolalar hamda Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tashkil etildi:

- Baxt shahridagi o‘g‘il bolalar maxsus kolleji;

- Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji;

- Samarqand shahridagi 64-sonli o‘g‘il bolalar maktab-internati;

- Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar maktab-internati.

Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi Milliy gvardiyaga, Respublika qiz bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi Ichki ishlar vazirligiga  biriktirildi.

Respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga 14 yoshga to‘lgan va 18 yoshdan oshmagan quyidagi voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi:

- ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin bo‘lgan yoshga to‘lmagan;

- aybliligi to‘g‘risidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan;

- Respublika o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qo‘llanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan;

- profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay huquqbuzarliklarni davom ettirayotganlar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech