11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

investitsiyalar
4 Iyun  2020 2556

Oʻzbekiston Respublikasida 2020-yil yanvar - aprel oylaridagi investitsiya faoliyatining yakunlari

Joriy yilning yanvar – aprel oylari mobaynida oʻzlashtirilgan xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2,5 mlrd dollarni, shu jumladan toʻgʻridan - toʻgʻri xorijiy investitsiyalar - 1,7 mlrd va xorijiy kreditlar - 831 mln dollarni tashkil etdi.

2019-yil shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 1,6 barobarni tashkil etdi. Oʻzlashtirilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarning umumiy investitsiyalar hajmidagi ulushi 26% gacha oʻsdi.

Hisobot davrida 336 ta loyiha ishga tushirildi: 8 ta yirik ishlab chiqarish korxonalari va 328 ta hududiy ahamiyatga ega sanoat obyektlari.

Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni kiritish boʻyicha Rossiya, XXR, Germaniya va Janubiy Koreya yetakchilik qildi, mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan mamlakatlarning umumiy soni esa 37 tani tashkil etdi.

Koʻrib chiqilayotgan davrda elektrotexnika sanoati (2019-yilning shu davriga nisbatan oʻsish - 24 barobar), kimyo sanoati (oʻsish - 13 barobar), charm va poyabzal (oʻsish - 2,5 barobar) sohasi investorlar uchun eng jozibador boʻlib qoldi. Neft va gaz sanoati (oʻsish – 2,3 barobar) va qurilish materiallarining ishlab chiqarilishi (oʻsish – 1,6 barobar) ham yaxshi koʻrsatkichlarni namoyish etdi.

Shu bilan birga, toʻgʻridan - toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning mintaqaviy ahamiyatga molik loyihalarga yoʻnaltirishda oʻsish tendensiyasi kuzatilib, hisobot davrida ularning umumiy qiymati 958 mln dollarni tashkil qildi va 2019-yilning shu davriga nisbatan 2,6 barobar oshdi. Hududlar kesimida yuqori oʻsish dinamikasi Jizzax (13 barobar), Namangan (9,4 barobar) va Surxondaryo (4,2 barobar) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ – 4563 - son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya dasturiga asosan 2020-yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy vositalarga 233,2 trln soʻm, shu jumladan toʻgʻridan – toʻgʻri xorijiy investitsiyalar - 7,1 mlrd dollar, davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiya va kreditlar - 2,7 mlrd dollarni tashkil etishi rejalashtirilgan.

Xususan, 2020-yilda 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va sanoat obyektlarini: 206 ta yangi yirik ishlab chiqarish obyekti, 240 ta hududiy ahamiyatga ega ishlab chiqarish obyektlari hamda 1,6 mingta ijtimoiy va infratuzilmaviy obyektlarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech