06 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,3 °C

Moliya
9 Yanvar  2020 1889

2019-yil bo‘yicha pul-kredit siyosati natijalari

“Pul-kredit siyosatining 2019-yil va 2020-2021-yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”da ko‘rsatib o‘tilgan O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy ssenariysiga ko‘ra, 2019-yil uchun inflyasiyaning prognoz ko‘rsatkichi 13,5-15,5 foiz darajasida belgilangan edi.

2019-yilda un va non mahsulotlari narxlarining oshishi yillik inflyasiya o‘sishiga ma’lum darajada bosim o‘tkazdi.

Tartibga solinadigan narxlar o‘rtacha 21,6 foizga, xususan, non – 40 foizga, gaz – 18,8 foizga, elektr energiyasi – 18 foizga va benzin – 17,6 foizga o‘sdi.

Ob-havo sharoitlari meva-sabzavotlar narxlarida o‘z aksini topdi. Xususan, mevalar narxi – 21,4 foizga, kartoshka – 11,7 foizga va guruch – 5,8 foizga qimmatlashdi.

Bundan tashqari, joylarda ozuqa-yem zaxiralarining yetishmovchiligi masalasi ham go‘sht mahsulotlarining narxiga ta’sir etdi va ularning narxi 23,4 foizga oshdi.

Shu bilan birga xizmat ko‘rsatish sohasidagi narxlar o‘sishida tezlashish kuzatildi, bunda yo‘lovchi transporti xizmati – 13 foizga, ta’lim xizmatlari – 22 foizga qimmatlashdi.

2020-yildan boshlab inflyasiya darajasini pasaytirish bo‘yicha keskin choralar qabul qilinishi rejalashtirilgan. Inflyasiyaning bazaviy prognozi 12-13,5 foiz darajasida belgilangan.

Inflyasiyaning prognoz darajasiga erishish maqsadi, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari o‘sish sur'atlarini 20-25 foiz atrofida, ya'ni nominal yalpi ichki mahsulot o‘sishining prognoz qilinayotgan darajasida ta'minlanishini talab etadi.

Shuningdek, soliq-byudjet siyosati sohasida umumiy fiskal balans defitsiti qisqarishi nazarda tutilgan. Xususan, umumiy fiskal balans defitsitining 2019-yildagi YaIMga nisbatan 4 foizdan 2020-yilda 2,7 foizga qisqarishi, 2022-yilda 1,5 foizgacha bosqichma-bosqich pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada ushlab turilishi ko‘zda tutilgan.

Xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sish sur'atlarini belgilangan prognoz parametrlarida ushlab turishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech