13 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +1,9 °C

Voqea-hodisalar
18 Oktyabr  2019 490

Italiyada Etna vulqonining yangi otilishi sodir bo‘ldi

Bugun Italiya geofizika va vulqonshunoslik milliy instituti (Ingv) mutaxassislari tomonidan seysmik faollikning sezilarli darajada oshishi bilan birga Etna vulqonining yangi otilishi qayd etildi, deya xabar beradi RAA «Novosti».

Olimlar ma'lumotlariga ko‘ra, magnitudasi 3,3 balga teng bo‘lgan yer silkinishi Italiyadagi Sitsiliya orolining sharqiy sohilidagi Kataniya provinsiyasida sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i yer yuzasidan to‘qqiz kilometr chuqurlikda joylashgan. Milo, Dzafferan Etnea va Sant’Alfio aholi punktlarida yer osti silkinishlari kuchli sezilgan, qurbonlar va vayronalar haqida hozircha ma'lumotlar yo‘q.

Shundan so‘ng vulqonshunoslar Etnaning yana otilishini qayd etdilar. Bu kichik portlashlar va kulning juda baland ko‘tarilishi, vulqon bombalari va qaynoq toshqol parchalarining kuchli otilishi bilan ajralib turdi.

Bu hodisalar yuqori balandlikda qayd etilganligi sababli, Kataniya xalqaro aeroporti ma'muriyati shahar ustidagi havo yo‘laklarini qisman yopish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Shu munosabat bilan aeroport soatiga faqat to‘rtta reysni qabul qiladi. Aeroportdan samolyotlarning parvoz qilishi cheklanmagan va jadvalga muvofiq amalga oshiriladi. Biroq hozirgi vaziyatda ayrim parvozlar kechiktirilishi mumkin. Aviayo‘nalishlardagi o‘zgarishlar haqida barcha ma'lumotlar aeroportning veb-saytiga joylashtirilgan.

Etna Yevropadagi eng baland va faol vulqon hisoblanadi. 14-iyulda Etnaning janubi-sharqiy yonbag‘ri yuqori qismidagi «yangi krater», deb nomlangan joyidagi otilish natijasida tashqariga qaynoq lava, vulqon kullari otilgan va o‘rta kuchdagi yer silkinishlari kuzatilgan. O‘shandan beri vulqonshunoslar bir necha marta kamroq kuchga ega otilishlarni qayd etgan, ularning oxirgisi joriy yilning 11-oktabrida kuzatilgandi.

2013-yilning iyun oyida Etna YuNeSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2017-yilning martida Sitsiliyadagi vulqon otilishidan o‘n kishi yaralangandi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech