11 Iyul 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Turizm
2 Iyun  2020 388

Italiya sayyohlarni kutadi

Italiyada eng diqqatga sazovor sayyohlik joylar ochildi.

Italiya pandemiya tufayli kelib chiqqan uch oylik karantindan soʻng yana oʻzining madaniy-tarixiy yodgorliklarining koʻpchiligini ocha boshlayapti.

3-iyungacha harakatning chegaralanganligi tufayli yodgorliklarni hozircha faqat mahalliy sayyohlar tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻlib turibdi. Barcha sayyohlik obyektlari xavfsizlik talabiga toʻliq javob beradi. Tashrif buyuruvchilarning tana harorati oʻlchanishidan tortib, albatta tibbiy niqobda boʻlishi qatʼiy talab qilinadi.

Barcha diqqatga sazovor joylar avvaldan onlayn buyurtma berilishini yoki talab qiladi, yoki tavsiya qiladi, ishtirokchilar soni chegaralangan.

Dushanbadan boshlab Rim Kolizeyi va Vatikan muzeylari tomoshabinlar uchun yana ochiq, shuningdek Tiklanish davrining rassomi Rafaelning vafot etganligining 500-yilligiga bagʻishlangan bosh koʻrgazma ham ochiladi.

Florensiyadagi Uffitsi galereyasi 3-iyundan ochiladi, David haykali joylashgan Akademiya galereyasi esa — 2-iyundan.

Mamlakatning eng mashhur tarixiy joylarining baʼzilari tashrif buyuruvchilar uchun bir muncha avvalroq ochilgan edi. Pizan minorasi 27-mayda takroran ochilgan. Florensiyadagi Palasso Pitti — 28-mayda, Pompey meʼmoriy bogʻi esa bir haftadan beri ishlayapti, deb xabar beradi “Yevropeyskaya Pravda” nashri.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech