12 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9 °C

Ijtimoiy hayot
28 Avgust  2019 664

Yozyovonda tadbirkor iste'molchini sifatsiz mebel bilan aldamoqchi bo‘ldi

Har bir inson iste'molchi sifatida o‘zi istagan, o‘ziga yoqadigan mahsulotni tanlash huquqiga ega. Huquqlari buzilganda esa qonuniy himoyalanishi zarur. O‘zbekistonda “Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinganiga va bu hujjat amalda qo‘llanilayotganiga yigirma yildan oshdi.

Ammo jamiyatimizda sotuvchi va istemolchi o‘rtasidagi muammolar kamayganicha yo‘q. Misol uchun, iste'molchi N.Masharipov Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor I.Toshpo‘latovga qarashli savdo do‘koni xizmatlaridan norozi bo‘lib murojaat qildi, deya xabar qiladi federatsiya matbuot xizmati. 

Ma'lum bo‘lishicha, u joriy yilning 14-avgust kunida Yozyovon buyum bozorini aylanib, farzandining to‘yi uchun 4 800 000 so‘mlik mebellar to‘plamini tanlaydi. Sotuvchiga mebelning pulini to‘liq oldindan berib, manzilga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishadi. Lekin oradan ikki kun o‘tib xonadoniga keltirilgan mebellarning boshqa rangda va sifati past darjaligini  ko‘rgan N.Masharipov bu haqda sotuvchiga murojaat qilib, ular tanlagan mebelni yuborishi, bo‘lmasa pulini qaytarish talabini qo‘yadi. Lekin sotuvchi almashtirib bermasligini aytgach, o‘zining qonuniy huquqlarini himoya qilinishi so‘rab tuman jamiyatiga murojaat qiladi.

Iste'molchi murojaati tuman jamiyatida tegishli tartibda rasmiylashtirilgach, murojaatni o‘rganish ishlari doirasida sotuvchi bilan uchrashilib, unga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada sotuvchi iste'molchidan uning noroziligini keltirib chiqargan mebellar to‘plamini qaytarib olib, oldi-sotdi amalga oshirilgan kuni tanlangan sifatli mebellar to‘plamiga almashtirib berdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech