16 Dekabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent -2,2 °C

Dolzarb
11 Aprel  2019 1431

Isroildagi parlament saylovlari – g‘olib oldindan ma'lum

Isroilda navbatdan tashqari parlament saylovlari yakunlari bo‘yicha ovozlarni sanash nihoyasiga yetmoqda. Ammo hozirdanoq amaldagi bosh vazir Binyamin Netanyaxu g‘alaba qozonishi tushunarli bo‘lgan.

 

Uning «Likud» partiyasi Knessetda 35 ta joyga ega bo‘ladi, vaholanki, uning asosiy raqobatchisi «Kaxol-Lavan» sentristlar blokida ham taxminan shuncha joy mavjud. Biroq kuzatuvchilarning qayd etishicha, Netanyaxu tomonining imkoniyatlari ancha katta. Negaki u koalitsion hukumatni barpo etishda juda ko‘plab o‘ng oqimlar partiyalarining qo‘llab-quvvatlashi borasidagi va'dasini olib qo‘ygan.

«Endi hamma gap Netanyaxudan koalitsiya bo‘yicha ittifoqchilari qanday narx so‘rashlarida qoladi. Saylovlardan oldin esa u hududlari Iordan daryosidan boshlab g‘arb tomon hududlarini zabt etishga va'da bergandi. Endi, aftidan, va'dasini bajarishiga to‘g‘ri kelsa kerak. Bu Isroil-Falastin mojarosini hal etish foydasiga bo‘lmaydi, albatta», deya xabar qilgan euronews muxbiri Bill Nili.

So‘nggi yillarda Isroil shusiz ham, BMTga ham qarab o‘tirmay, bosib olingan hududlarda yahudiylar qishloqlarini qura boshlagandi. Saylovlarda haddan tashqari o‘ng partiyalarning kuchayishi natijasida  endi bu jarayonning yana faollashishi  xavfi mavjud. Bu «ikki xalq uchun ikki davlat» tamoyili asosida Isroil bilan yonma-yon mustaqil Falastin davlatini barpo etish masalasi savol ostida qoladi, degani. Har holda arab kuzatuvchilari ana shunday xavotirni bildirishmoqda.

«Hozirgi Knessetga saylovlarda ovoz berish ko‘pchilik isroilliklarning biz falastinliklarga nisbatan aparteid siyosatini davom ettirishni yoqlab chiqishini yaqqol ko‘rsatmoqda, deb o‘ylayman. Ekzitpolga muvofiq Knessetning yangi tarkibidagi 120 deputatdan 18 tasigina 1967-yilgi chegaralar asosidagi ikkita mustaqil davlatni qo‘llab-quvvatlaydi», deya izoh berdi falastinliklarning Isroil bilan bosh muzokarachisi Saib Erekat Euronews nashriga.

Agar Isroilning amaldagi bosh vaziri Binyamin Netanyaxu parlament saylovlari natijalariga ko‘ra koalitsiyani shakllantira olsa, u hukumatni beshinchi marta boshqaradi va hukumat tepasida qolish davri borasida otasi, Isroil davlati asosichisi David Ben-Guriondan ham o‘zib ketadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech