22 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +14,5 °C

Biznes
2 Iyul  2020 1302

Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari Ispaniyaning “Inditex” kompaniyasi doʻkonlarida sotiladi

«Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi hamda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi tomonidan Ispaniyaning konglomeratlaridan biri boʻlgan “Inditex” kompaniyasining Aloqalar boʻyicha Bosh direktori Xesus Echevarria bilan videokonferensaloqa tashkil etildi.

Maʼlumki, “InditexS.A.” xalqaro kiyim doʻkonlari tarmogʻiga ega. Bugungi kunda korporatsiya 88 mamlakatda Zara, Oysho, Massimo Dutti, Bershka, Pull and Bear, Zara Home, Stradivarius, Tempe, Lefties va Uterque brendlari ostida 7 000 ga yaqin doʻkonlarni birlashtirgan.

Suhbat mobaynida ispaniyalik hamkorlarga Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatining hozirgi holati va oʻsish istiqbollari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim qilindi. Xususan, bugungi kunda Oʻzbekiston yirik paxta yetishtiruvchi mamlakat boʻlsada, biroq mamlakatni tayyor toʻqimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi sifatida koʻrib chiqilishi kerakligi taʼkidlandi. Chunki respublikada yetishtirilayotgan paxta xom ashyosi toʻliq qayta ishlanmoqda.

Mahalliy toʻqimachilik korxonalari nafaqat tayyor trikotaj kiyim-kechak, balki shu bilan birga Zara Home brendi uchun uy toʻqimachilik mahsulotlari, shuningdek “Inditex” ning Lux brendlari uchun yuqori sifatli mahsulotlarni ham yetkazib berish imkoniyatiga ega.

Oʻz navbatida, ispaniyalik hamkorlar mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, Oʻzbekistonning GSP + maqomiga erishishi Inditex brendlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirishda muhim omillaridan biri boʻlib xizmat qilishi taʼkidladi, deb xabar beradi «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasi matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi va Oʻzbekiston Respublikasining Madriddagi elchixonasi orqali kelgusida muzokaralarni davom ettirishga kelishib oldilar.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech