19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Ijtimoiy hayot
14 Yanvar  2019 1381

Islom akademiyasi huzurida tashkil etilgan ikki markazning asosiy vazifalari belgilandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Malaka oshirish markazi va “Ziyo” markazini tashkil etish hamda ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

 

Qarorga muvofiq, Malaka oshirish markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlaridagi mintaqaviy filiallarida diniy soha xodimlari, shuningdek, sohada faoliyat yurituvchi tashkilotlar xodimlari, ta'lim muassasalarining sohaga oid pedagog kadrlari qayta tayyorgarlikdan o‘tishi va malaka oshirishi belgilandi.

Qaror bilan Malaka oshirish markazi hamda “Ziyo” media markazining asosiy vazifalari belgilandi.

Shunga ko‘ra, Markaz diniy soha xodimlarini islom tarixi va manbashunoslik, qur’onshunoslik va hadisshunoslik hamda fiqh va kalom ilmi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi.

Markaz direktori va uning mintaqaviy filiallari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ularni lavozimdan ozod etish O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech