21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,8 °C

Hukumat
20 Avgust  2019 755
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati

Qoraqalpog‘iston faollari bilan samimiy muloqot

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumanidagi madaniyat markazida qoraqalpog‘istonlik faollar bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, qoraqalpoq eliga samimiy hurmat-ehtiromini bildirdi.

- Sizlar bilan birgalikda katta harakat boshladik. Har bir hududning dardini bilaylik, har bir insonning ichiga kiraylik, ertangi kunga ishonchini uyg‘otaylik deb chuqur islohotlarni amalga oshiryapmiz. Odamlar ertaga emas, olis kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak, - dedi Prezident.

Bu siyosat natijasi Qoraqalpog‘istonda ham yaqqol namoyon.  

Orolbo‘yi aholisi hayotini yaxshilash haqidagi gap-so‘zlar 50 yillardan beri bor. Lekin keyingi ikki yilda qilingan ishlar bir taraf.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi, Orolbo‘yida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Dengizning qurigan tubida himoya o‘rmonzorlari, Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 28-fevraldagi qaroriga muvofiq Mo‘ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirildi. 

Prezidentimizning o‘tgan yili 15-noyabrdagi tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar asosida hukumat dasturi qabul qilindi. Tuman markazida davlat xizmatlari markazi, amfiteatr, basseyn, sport zali, musiqa va san’at maktabi, tibbiyot maskani va boshqa ob’ektlar bunyod etildi. 20 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilmoqda.

Samimiy kechgan uchrashuvda Nukus shahri va barcha tumanlardan kelgan vakillar Mo‘ynoqdagi o‘zgarishlarga havas qilganini ta’kidlab, o‘z joylaridagi kamchilik va muhim masalalarni aytdi. Ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

- Katta imoratlar, zamonaviy texnikalar bilan maqtanish kerak emas. Aqlli, bilimli, fidoyi farzandlarni tarbiyalasak va ular Vatanga xizmat qilsa, eng katta boylik, baxt mana shu, - dedi davlat rahbari.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech