02 Dekabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,5 °C

Xavfsizlik
21 Yanvar  2020 1609

«Ishbilarmon» kishi o‘z qishloqdoshlarini katta miqdordagi pulga chuv tushirdi

2019-yil dekabr oyi boshlarida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 40 yoshli G‘.K. o‘z hamqishloqlarini aldab, ularning mulklarini qo‘lga kiritish maqsadida oldindan reja tuzgan. 25 yoshli T.M. umumiy bahosi 14.700.000 so‘mlik ikki bosh qora mollarini 4 kun ichida to‘lab berishni va'da qilgan G‘.K. ga qo‘sh-qo‘llab topshirib, firibgarlik qurboniga aylangan.

Портал pv.uz/Правда Востока/21 января. Bundan tashqari, G‘.K. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, yana uch nafar qishloqdoshlarini umumiy bahosi 26.500.000 so‘mlik uch bosh qoramollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. Keltirilgan holatlarning barchasida G‘.K. bergan va'dasini bajarmasdan qora mollarini boshqa shaxslarga sotib, kelishilgan pullarni egalariga bermasdan, ularni aldab, ishonchlarini suiiste'mol qilib, pullarni o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan. Keyinroq aldanganliklarini bilgan jabrlanuvchilar yanvar oyi o‘rtalarida fuqaro G‘.K.ga nisbatan ariza bilan IIBga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech