20 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,3 °C

Xavfsizlik
17 May  2019 1076

Internetda Andijondagi YTH bo‘yicha tarqalgan xabarga IIV rasmiy munosabat bildirdi

Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning 16-may kuni soat 08:00larda, Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi fuqaro A.S. “Cobalt” rusumli avtomashinani Asaka tumani Dasturxonchi MFY hududidan o‘tgan “Shahrixon-Andijon” yo‘lida boshqarib borayotib, charchoq ta’sirida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Natijada yo‘l chetida obodonlashtirish ishlarini olib borayotgan tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchilari O.P., F.T. va Z.U. ismli ayollarni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida, O.P. voqea joyida,F.T. esa ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramay, olgan tan jarohatlari sabab kasalxonada vafot etgan.

Fuqaro Z.U. chap tizza qismi, o‘ng son sohasida va chap qo‘l sohasida shilinma jarohatlari bo‘lgani uchun hozirda kasalxonada davolanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarda esa “yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchi voqea joyidan qochib ketgan”, deb qayd etilgan. Aslida esa hodisa joyiga yetib kelgan tezkor-tergov guruhiga haydovchi A.S.yo‘l transport hodisasini sodir etganligini aytgan va ular tomonidan voqea joyini ko‘zdan kechirish harakatida ishtirok etgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarda “jabrlanganlar obodonlashtirish bo‘limining doimiy maosh olib ishlaydigan ishchilari emas”, deb aytilgan. Aslida esa, ushbu ayollarning barchasi Asaka tumani hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining buyrug‘iga asosan boshqarmada haq to‘lanadigan jamoat ishining ishchilari bo‘lgan.

Haydovchi boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashina tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyida ko‘zdan kechirilgandan so‘ng, avtomashina qonuniy tartibda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ekspertiza o‘tkazish uchun olib ketilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida vafot etgan shaxslarning o‘lim sabablarini, fuqaro Z.U. va haydovchi A.S.larning tan jarohati va og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza hamda avtomashinani texnik sozligi bo‘yicha sud-avtotexnik ekspertizasi va boshqa zaruriy ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech