05 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +30,1 °C

Xalqaro hamkorlik
11 May  2020 1170

Insonparvarlik yuki yetib keldi

Janubiy Koreyadan charter reysda navbatdagi insonparvarlik yordami olib kelindi.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi tomonidan koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlik doirasida umumiy og‘irligi 34 tonna bo‘lgan insonparvarlik yuki shakllantirilgandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Mazkur yukning og‘irligi 6,2 tonna bo‘lgan birinchi qismi mamlakatimizga 26-aprelda olib kelingan edi.

10-mayda bortida umumiy qiymati 192 ming dollarga yaqin tibbiy vositalar shaklidagi navbatdagi insonparvarlik yuki «Uzbekistan Airways» kompaniyasining charter reysida Toshkentga yetib keldi.

Bugungi yuborilgan insonparvarlik yukining  umumiy og‘irligi 8 tonnaga yaqin.

Tibbiy anjom va vositalar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirildi. Ular mamlakatimizda karantin tadbirlarini tashkil etish, kasalliklarni aniqlash va davolash, reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirishda qo‘llaniladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech