22 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,7 °C

Moliya
8 Iyul  2019 3444

15-iyuldan «SMS-xabarnoma» xizmati narxi ikki baravar oshadi

15-iyuldan UzCard plastik kartochkalarini «SMS-xabarnoma» xizmatiga ulagan foydalanuvchilar uchun har bitta sms xabar qiymati ikki baravarga oshiriladi, deya ma'lum qilindi kompaniya rasmiy saytida.

Shu paytga qadar har bir keladigan “SMS-xabarnoma” narxi 42,10 so‘mni tashkil etardi. Ko‘rsatilgan sanadan boshlab 5800 qisqa raqamdan yetkaziluvchi (Play Mobile MChJ) har bir kirish xabarnoma 84,20 so‘mni (2 sent) tashkil etadi.

“SMS-xabarnoma” narxining oshirilishi, qimmatbaho uchkunalarni sotib olinishi va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash bilan bog‘liq ekanligi aytilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech