09 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Mamlakatimizda
27 Mart  2020 502

Infarktdan vafot etdi

Joriy yil 26-mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bo‘lgan namanganlik 72 yoshli fuqaro koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

Shu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizidan yuqqanligi dalillangan.

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali o‘tkir yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30 da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir miokard infarktidan vafot etgan, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech