21 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Voqea-hodisalar
19 Sentyabr  2019 514

Indoneziya qirg‘oqlarida magnitudasi 6 ballga teng yer silkinishi kuzatildi

Bu haqda AQShning Geologiya xizmati (USGS) ma'lumotiga tayangan RAA «Novosti» shunday xabar tarqatdi. Chindan ham, bu yaxshigina silkinish bo‘lgani aytilmoqda.

Keltirilishicha, yer silkinishi markazi Lasem aholi punktidan 82,2 kilometr janubi-g‘arbda, Surabay shahridan 160 kilometr janubi-sharqda 591,2 kilometr yer ostida bo‘lgan.

Hozirga qadar qurbonlar va ko‘rilgan zarar to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud emas.

Indoneziya Tinch okeani olovli halqasi (qudratli tektonik plitalar tutashgan joy)ning ajralmas bir qismidir. yer sayyorasining ana shu hududlarida tektonik plitalarning eng faolligi kuzatiladi. Ulardan biri, hatto, yiliga yetti santimetrga harakatlanadi ham. Seymologlar har yili bu yerda silkinish magnitudasi 4 baldan yuqori bo‘lgan 6-7 mingta zilzilani qayd etadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech