23 Oktyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +10,4 °C

Salomatlik
23 Iyul  2020 1751

Hindistonning Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami

Hindiston Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi kurashni qoʻllab-quvvatlash uchun zarur boʻlgan dori-darmonlar taqdim qildi.

Hindiston poytaxtidan Toshkentga “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi samolyotida insonparvarlik yuki yetkazib berildi.

Insonparvarlik yordami tarkibiga tibbiy vositalar, jumladan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali hisoblangan 7 millionga yaqin tabletkani oʻz ichiga olgan.

Dori-darmonlardan iborat yuk Oʻzbekistonning Hindistondagi elchixonasi va ushbu mamlakatning Kimyoviy mahsulotlar va oʻgʻitlar vazirligi qoshidagi Farmatsevtika sanoati departamenti tomonidan shakllantirildi.

Umumiy ogʻirligi 5 tonnadan ortiq yuk mamlakatimizning tegishli idoralariga topshirildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech