19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +12,4 °C

Mamlakatimizda
18 May  2019 830

Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Import qilingan tovarlar harakatini monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2019 yil 16 may, 410-son). Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

 

Nizomga muvofiq, import qilingan tovarlar harakatini nazorat qilish hamda soliqlar va bojxona to‘lovlari bo‘yicha huquqbuzarliklarning oldini olish tartibi quyidagicha:

- Davlat bojxona xizmati organlari soliq to‘lovchilarning eksport-import operatsiyalari hamda tovarlar harakati to‘g‘risida ma'lumotlarni – Davlat soliq qo‘mitasiga, soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilgan import operatsiyalari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni “O‘zstandart” agentligiga bojxona rasmiylashtiruvidan keyin uch kun muddatda taqdim etadi.

- Ushbu ma'lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlarining ma'lumotlar bazasida har bir import qiluvchi bo‘yicha nazorat kartochkalari yuritiladi. Bunda maxsus dasturiy mahsulot orqali ma'lumotlar tahlil qilinadi va soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi aniqlanadi (yuqori, o‘rtacha, past).

- Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi past bo‘lgan import qiluvchilar nazoratdan chiqariladi.

- Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi yuqori va o‘rtacha bo‘lgan import qiluvchilar faoliyati kameral nazoratdan o‘tkaziladi.

- Soliq hisobotlarida tafovutlar mavjudligi aniqlansa, bu haqda soliq to‘lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bir ish kuni mobaynida talabnoma yuboriladi.

- Taqdim etilgan axborotlarning ishonchliligini hamda import qiluvchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun joyiga chiqqan holda mavzuli ekspress-o‘rganish o‘tkaziladi.

- Nazorat tadbirlari natijasida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar uch kundan kechiktirilmay huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech