07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +13,5 °C

Biznes
16 Mart  2020 364

Import hajmi kamaydi, eksport hajmi ortdi

«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasida bo‘lib o‘tgan qurilish materiallari ko‘rgazmasida yigirmadan ortiq tadbirkorlik sub’ektlari, qurilish tashkilotlari vakillariga sohada amalga oshirilayotgan ishlar, yurtimizda yaratilayotgan qulaylik va imtiyozlar haqida ma’lumot berildi.

Bugun yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlardan ko‘zlangan maqsad aholining turmush sharoitini yanada yaxshilashdan iborat. So‘nggi yillarda qurilish sohasida ham bu borada qator islohotlar amalga oshirildi. Qisqa davr ichida mamlakatimizda qurilish industriyasi shakllandi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda qurilish ko‘lami kengaygan sari qurilish materiallariga bo‘lgan talab ham ortmoqda.

Qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan kompaniya va firmalar soni yil sayin oshib borayotir. Ular ilgari chetdan olib kelingan qurilish materiallarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirmoqda. Buning samarasida ayni paytda qurilish materiallari bozorimizdagi mahsulotlarning aksariyati o‘zimizda ishlab chiqarilayotir.

– Ayni paytda uyushma tarkibida 200 dan ortiq qurilish tashkilotlari faoliyat ko‘rsatmoqda, – deydi «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Abraev. – O‘tgan yili yurtimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan 16,8 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi. Quvonarlisi, mazkur korxonalar sa’y-harakati bilan 140 million dollarlik qurilish materiallari eksport qilindi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 418 milliard so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi va natijada 47 millon dollarlik import mahsulotlar qisqartirildi.

Asosiy e’tibor qurilish materiallari bo‘yicha ichki bozorni to‘liq ta’minlashga qaratilgan ishlab chiqarish quvvatlarni yaratishga qaratilmoqda. Joriy yilda qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 22 trillion so‘mga, shu jumladan, uyushma tarkibidagi korxonalar bo‘yicha 5,9 trillion so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Bu borada yurtimizda davlatimiz tomonidan tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesga qaratilayotgan e'tibor va yaratilayotgan qulayliklar, sohaga xorijiy sarmoyadorlarning jalb qilinayotgani muhim ahmiyat kasb etmoqda. O‘tgan yilda jami 1,3 millard dollarlik, shu jumladan 570 millon dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi. Bundan tashqari umimiy qiymati 583 million dollarlik 866 ta loyihalar ishga tushirildi va natijada 8 ming 850 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shu bilan bir qatorda eksport hajmi kengaydi. Ayni paytda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan tashqari, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Rossiya, Turkiya va Xitoy davlatlariga qurilish mahsulotlari eksport qilinmoqda.

L.SUVONOV

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech