22 May 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +20,5 °C

Mamlakatimizda
11 Yanvar  2019 1329

Фармонга мувофиқ, 2019 йил 1 мартдан Жиззах вилоятида “Илғор ҳудуд” синов лойиҳаси амалга оширилади, деб хабар бермоқда “Ҳуқуқий ахборот” канали . Лойиҳада қуйидагилар назарда тутилади: ҳудуд аҳолисининг яшаш шароитларини яхшилаш ва даромадларини ошириш; “Бир қишлоқ – битта маҳсулот” тамойили бўйича талаб юқори бўлган товарларни ишлаб чиқариш учун шарт-шароитларни яратиш; Жиззах вилоятида ишлаб чиқариладиган маҳсулот ва хизматларнинг рақобатдошлигини ошириш. Лойиҳа бошқаруви миллий агентлиги лойиҳани тизимли ва самарали амалга ошириш учун масъулдир. Агентлик томонидан 2019 йил 1 мартгача Жиззах вилоятини ривожлантириш концепцияси ишлаб чиқилади. Концепцияда қуйидагилар акс эттирилади: туризм тармоғини, шу жумладан, Зомин туманида туризм кластерларини ташкил этиш; сув, газ ва электр таъминоти, канализация тармоқлари, йўл инфратузилмаси, Интернет тармоғини ривожлантириш.

Jizzax viloyatini kompleks rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarishning samarali modelini ishlab chiqish to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2019-yil 1-martdan Jizzax viloyatida “Ilg‘or hudud” sinov loyihasi amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali .

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

  • hudud aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash va daromadlarini oshirish;
  • “Bir qishloq – bitta mahsulot” tamoyili bo‘yicha talab yuqori bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
  • Jizzax viloyatida ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning raqobatdoshligini oshirish.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi loyihani tizimli va samarali amalga oshirish uchun mas’uldir.

Agentlik tomonidan 2019-yil 1-martgacha Jizzax viloyatini rivojlantirish konsepsiyasi  ishlab chiqiladi.

Konsepsiyada quyidagilar aks ettiriladi:

  • turizm tarmog‘ini, shu jumladan, Zomin tumanida turizm klasterlarini tashkil etish;
  • suv, gaz va elektr ta’minoti, kanalizatsiya tarmoqlari, yo‘l infratuzilmasi, Internet tarmog‘ini rivojlantirish.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech