07 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +17,2 °C

Xalqaro hamkorlik
7 Mart  2020 663

Ilg‘or g‘arbiy boshqaruv standartlari turizmga

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Avstriya tadbirkorlari delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Bosh vazirning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov «C-Quadrat Investment Group» investitsion kompaniyasining bosh direktori Aleksandr Shuts boshchiligidagi Avstriyaning bir guruh tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Avstriya delegatsiyasi turizm sohasini rivojlantirish, turistik mahsulotni diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, infratuzilma loyihalari uchun yaratilgan sharoitlar, imtiyozlar va preferensiyalar bilan tanishdilar. 

O‘z navbatida, Aleksandr Shuts «C-Quadrat Investment Group» tomonidan investitsion va moliyaviy loyihalarda, eng ilg‘or g‘arbiy boshqaruv standartlarini joriy etgan holda davlat tashkilotlari va ob’ektlarini isloh qilishda faol ishtirok etish uchun Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha vakolatxona ochilishi masalasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, respublikada kichik mehmonxonalar tarmog‘ini qurish uchun sarmoya kiritishga qiziqish bildirdi.

 Ma’lumot uchun: «C-Quadrat Investment Group» Vena shahrida 1991-yilda tashkil etilgan. Ayni paytda ushbu guruh 10 milliard yevrodan ortiq qiymatdagi investitsiya aktivlarini boshqaradi. Kompaniyaning Vena, Parij, Frankfurt, Madrid, Syurix, Jeneva, yerevan va Tbilisi shaharlarida ofislari mavjud bo‘lib, ular yevropa va Osiyoning 21 mamlakatida faoliyat yuritadi. 7 milliard dollar sarmoya egasi A. Shuts «Deutsche Bank»ning Kuzatuv kengashi a’zosidir, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech