23 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +40,2 °C

Mamlakatimizda
1 Fevral  2019 1576

Iliq kunlardan so‘ng sovuq boshlanmoqda

“O‘zgidromet” dan olingan ma'lumotiga ko‘ra, bugun yurtimiz hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, lekin ob-havo sovuq bo‘ladi. O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq atrofida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

2-3-fevral kunlari Turkmaniston hududidan nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda. Shu sababli hududlarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ish ehtimoli mavjud. 4-5-fevral kunlari esa Volgabo‘yi rayonlaridan sovuq antitsiklon kirib kelishi kutilmoqda.

Shu bois 4-fevralda yurtimizning ko‘pgina viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, 5-fevralda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanadi.

Ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayib sekundiga 15-20 m tezlikda esadi. Havo harorati 10-15 darajaga pasayib, 2 daraja sovuq va 3 daraja iliqni tashkil qiladi.​​

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech