26 Iyun 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Mamlakatimizda
4 Iyun  2019 455

Ilhom Abdullayev qonunlarni trassada turgan poyga avtomobili va buzuq samosvalga qiyosladi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Ilhom Abdullayev, Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Jo‘rrayev va boshqa mutasaddilar  ishtirokida intervyu va OAV vakillari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ilhom Abdullayev “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi haqida gapirib berdi. Shuningdek, tomonlar o‘rtasida manfaatlarni to‘g‘ri taqsimlash va eskirgan qonunlar xususida to‘xtaldi, deya ma'lum qiladi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

“Parlamentdagi muhokamalar haqida ko‘pchilikda tasavvur yo‘q, bu qizg‘in jarayon, hukumat o‘z qonunini ko‘tarib kirib, mana shuni qabul qilib beringlar, demaydi.

Afsuski, biz qonunlarni muhokama qilayotganimizda ko‘p jurnalistlar ishtirok etmaydi-da.

O‘ylaymanki, ushbu jarayon Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi uchun ham bir maktab bo‘ldi. Agentlik mutasaddilari o‘zlari guvoh bo‘lishdi: biz faqat davlat uchun emas, fuqarolar uchun nima qiziq ekanidan kelib chiqishga harakat qildik, eng avvalo fuqarolarning manfaatlarini hisobga olishda tarafdor bo‘ldik.

Tasavvur qiling: mana, bir biznesmen. Sizning qonuningiz unga nima beradi? Aynan shu nuqtai nazardan yondashdik va qonunning yarmidan ko‘p qismini o‘zgartirdik. 44 moddadan iborat ushbu hujjat to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonun hisoblanadi.

Biroq ayni paytdagi holat, qonun chiqaruvchi organ sifatida bizni qoniqtirmaydi. Respublikada davlat-xususiy sheriklikni uchta yo‘nalish bo‘yicha qaror toptishirda asos bo‘luvchi 3 ta qonun bor.

Birinchisi – zamonaviy, demokratiya mezonlariga mos bo‘lgan “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonun.

Ya’ni, ta’bir joiz bo‘lsa, hozir trassada yap-yangi poyga avtomobili turipti. Uning yonida esa – ikkita buzuq samosval.

Bular – “Konsessiyalar to‘g‘risida” 1995-yilda qabul qilingan qonun. Yana bittasi, ya’ni uchinchisi ham eski qonun. Bir-ikki o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lishi mumkin.

Lekin umuman olib qaraganda, 90-yillarda imzolangan ikki hujjat ham bozor iqtisodiyoti talablariga mutlaqo javob bermaydigan qonunlar. Biz hukumatdagilardan bunga darrov munosabat bildirishlarini va qolgan ikki yo‘nalishni ham tartibga soladigan, bir-birini inkor etmaydigan, mukammal qonunlar berishlarini kutib qolamiz”, — dedi Ilhom Abdullayev.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech