01 Iyun 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +33,6 °C

Xavfsizlik
30 Aprel  2020 1594

Ikki kishi hayotiniga zomin bo‘lgan YTH

Haydovchining rulda uxlab qolishi oqibatida Jizzax viloyati Paxtakor tumanida YTH sodir etilgan.

2020-yil 29-aprel soat 18:00 da Paxtakor tumani hududidan o‘tgan «Toshkent-Termiz» yo‘nalishli M-39 yo‘lining 967-kilometrida «Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab ketayotgan «Matiz» rusumli avtomashinaning 25 yoshli haydovchisi avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtida uxlab qolgan. Natijada rul boshqaruvi yo‘qolib, avtomashina yo‘lning o‘ng chetiga chiqib ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida haydovchining o‘zi va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 13 yoshli o‘spirin hodisa joyida vafot etiganlar.

Shuningdek, avtomashina salonida bo‘lgan 35 yoshli 14 yoshli 12 yoshli va 6 yoshli yo‘lovchilar tibbiyot birlashmasiga turli tan jarohatlari bilan yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtakor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech