19 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +29 °C

Mamlakatimizda
29 Dekabr  2018 1469

Ikki yirik korxonaning soliq imtiyozlari bekor qilindi

Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qaroriga muvofiq qonunchilikka quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi, deya xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali. 

Unga ko‘ra:

- “General Мотоrs O‘zbekistan” YOAJga berilgan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Kompaniya endilikda faqatgina qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.

Eslatib o‘tamiz, kompaniya ilgari barcha soliqlardan ozod etilgan edi.

 - “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJning ham foyda solig‘iga oid imtiyozi bekor qilinib, faqatgina qo‘shilgan qiymat solig‘iga oid imtiyozi saqlab qolindi.

Shuningdek, Fuqarolarga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining 120 foizi etib belgilandi.

- 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining 80 foizi (ilgari 50 foiz), O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan, 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun davlat boji eng kam oylik ish haqining bir baravari etib belgilandi (ilgari 60 foiz).

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech