04 Aprel 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +15,9 °C

Voqea-hodisalar
7 Yanvar  2020 814

IKEA 46 million dollar tovon puli to‘laydi

Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi farzandi ko‘kragiga komod (kiyim-kechak turadigan tortmali javon) tushib ketishi oqibatida vafot etgani tufayli bir oilaga 46 million dollar tovon puli to‘laydi, deya xabar beradi CBS News ma’lumotiga tayangan lenta.ru.

2017-yilda kaliforniyalik ikki yoshli Yozef Dudekning ko‘kragiga Malm seriyasidagi komod tushib ketgan. Bolaning onasi Jolin Dudek mebel «nobarqaror qilib loyihalashtirilgani» va xavfsizlik standartlariga javob bermasligini aytgan.

Qayd etilishicha, bunday komodlar 10 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan. 2016-yilda IKEA Malm seriyasidagi komod tushib vafot etgangani sababli amerikalik uch oilaga 50 million dollar tovon puli to‘lagan.

IKEA – ishlab chiqaruvchi-savdo kompaniyalari guruhi bo‘lib, 1943-yil Shvetsiyada tadbirkor Ingvar Kamprad tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda u dunyoning bir qancha mamlakatlarda o‘z ishlab chiqarishiga ega mebel, interer buyumlari, to‘qimachilik va idish-tovoq mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik tarmoq hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech