21 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21 °C

Xavfsizlik
22 Avgust  2019 465

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video Navoiyda emas Samarqand viloyatida bo‘lgan

Joriy yilning 14-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Navoiy viloyati Xatirchi tumanida qiz bolaga pichoq tiraganlar” nomi bilan tarqalgan video O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan o‘rganildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Aniqlanicha, ushbu holat Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida emas, balki, Samarqand viloyatining Narpay tumanida 2019-yilning 10-iyun kuni sodir bo‘lgan. Shu kuni soat 23.00larda T.S., A.Q. va Q.A.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Narpay tumanining Oqtosh shahri hududida U.K.ga tegishli bo‘lgan “Tiko” rusumli avtomashinada G.R. (qiz bola) bilan o‘zaro suhbatlashib o‘tirgan O.Q., U.K. va D.S.larning tanasini turli joylariga urib-tepib, ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatgan. U.K.ga tegishli bo‘lgan “Samsung” rusumli uyali telefon va avtomashinaning bir juft “Sony” rusumli radiokarnayi, D.S.ga tegishli “Samsung” rusumli uyali telefon va 750 ming so‘m pul, O.Q.ga tegishli “Samsung” rusumli uyali telefoni va erkaklar kumush zanjirini qo‘lga kiritib, ushbu holatlarni O.Q.ga tegishli bo‘lgan “Samsung” rusumli uyali telefonga tasvirga olib, keyinchalik ushbu tasvirlarni internet tarmog‘iga joylashtirgan. 

Mazkur holat yuzasidan Narpay tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.Q. va uning ukasi Q.A.lar jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Bundan tashqari, G.R. ta'kidlab o‘tgan, uning bo‘yniga O.Q., U.K. va D.S.lar pichoq tirab qo‘rqitganligi holati dastlabki tergov davrida o‘rganiladi. 

 

 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech