24 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,3 °C

Ijtimoiy hayot
1 Yanvar  2019 1962

Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning qat’iy miqdorlari belgilandi

2019-yil 1-yanvardan boshlab 14 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola 2 yoshga to‘lgunga qadar uning parvarishi bo‘yicha nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning yangi miqdorlari joriy etiladi, deb yozadi Norma axborot-huquqiy portali. 

 

Ayni paytda ushbu nafaqalar va moddiy yordam miqdorlari EKIHdan kelib chiqib belgilanadi. 2019-yildan eng kam ish haqiga bog‘lanmagan, qat’iy belgilangan stavkalar amal qiladi. Quyidagi jadvalda solishtirma tahlil bilan tanishishingiz mumkin.
 

T/r

 

Ijtimoiy nafaqalarning turlari

 

1.01.2019-yildan boshlab belgilangan miqdor

(so‘mda)

1.01.2019-yilgacha bo‘lgan miqdori

material e'lon qilingan sanadagi EKIHdan kelib chiqib

I

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa

 

 

 

shundan:

 

 

 

bitta bolali oilaga

122 000

EKIHning 60%i (121 638 so‘m)

 

ikkita bolali oilaga

203 000

EKIHning 100%i (202 730 so‘m)

 

uchta va undan ortiq bolali oilaga

284 000

EKIHning 140%i (283 822 so‘m)

II

Bola 2 yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa

(korxona yoki tashkilotlarda ishlayotgan, ularning mablag‘lari hisobidan ushbu nafaqa to‘lanayotgan onalar bundan mustasno)   

406 000

EKIHning 200%i (405 460 so‘m)

III

Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam

305 000 dan 610 000 gacha

1,5 dan 3 EKIHgacha (304 095 so‘mdan 608 190 so‘mgacha)

Yuqorida ko‘rsatilgan nafaqalar va moddiy yordam turlari mahalliy byudjetlar mablag‘lari hamda byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari, korxonalarning mablag‘lari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar) hisobidan to‘lanadi.

IV

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam

(Qoraqalpog‘iston Respublika byudjeti va Xorazm viloyatining viloyat byudjeti mablag‘lari, shuningdek byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va xayriya jamg‘armalari, yuridik hamda jismoniy shaxslarning va boshqalarning xayriya ehsonlari) hisobidan to‘lanadi).

406 000 dan 1 014 000 gacha

yil boshida belgilangan 2 dan 5 EKIHgacha (344 480 so‘mdan 861 200 so‘mgacha)

 

         

 

Ko‘rib turganimizdek, joriy etilayotgan qat’iy belgilangan miqdorlar amaldagilaridan uncha farq qilmaydi, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatidagi oilalarga moddiy yordam bundan mustasno. Ushbu nafaqalar miqdorlari qariyb 18%ga oshgan. Bu ularning miqdori yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblanishiga bog‘liq, 1.01.2018-yildagi holatga ko‘ra u 172 240 so‘mni tashkil etgan, hozir esa 202 730 so‘mni tashkil etadi.

Shuni ham eslatib o‘tamizki, yuqorida ko‘rsatilgan nafaqalar va moddiy yordamni to‘lash tartibi quyidagi hujjatlar bilan belgilangan:

Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom.

            Hujjat 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech