19 Oktyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +21,2 °C

Mamlakatimizda
23 Fevral  2019 2915

“Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi qayta nomlandi

Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Farmon bilan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi etib qayta nomlandi.

“Ijtimoiy fikr” markazining har bir soha bo‘yicha asosiy vazifalari belgilandi.

Markaz Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi  mablag‘lari hisobidan ta'minlanadi.

Markaz tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik so‘rov natijalari Hukumat va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilinadi.

Markazda aholi o‘rtasida blits-so‘rov o‘tkazish uchun call-markaz tashkil etiladi.

2019/2020-o‘quv yilidan tegishli oliy ta'lim muassasalarida sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralari ochiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech