30 Noyabr 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +3,6 °C

Xavfsizlik
19 Mart  2020 848

IIV soxta dezinfeksiyachilardan ogoh bo‘lishga chaqiradi

O‘zbekistonda o‘rnatilgan karantin vaziyatidan foydalangan holda bir qator shaxslar uyma-uy yurib, koronavirusga qarshi dezinfeksiya xizmatlarini taklif etmoqda. IIV ularga ishonmaslikka va bu holatning oldini olish uchun aholidan begonalarni uyga kiritmaslikka chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan birining yozishicha, skafandr va niqoblar taqqan notanish shaxslar dezinfeksiya xizmatidan ekanligini aytib, eshikni ochishni talab qilmoqda. Unga ishonib, eshikni ochgan odamlarda bu salbiy oqibatlar bilan yakunlangan holatlar ham bo‘lgani ta’kidlagan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, kattalar ishda bo‘lgan vaqtda bolalar uyda yolg‘iz qoladi. Xuddi shunday holatlar qariyalar bilan ham kuzatiladi. Ular juda ishonuvchan, shu bois nopok insonlar uchun aldash qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin.

«Shuning uchun katta yoshdagilardan begonalarni uyga kiritmaslikni iltimos qilamiz, hatto ular koronavirus infeksiyasiga qarshi dezinfeksiya ishlarini o‘tkazishimiz kerak, degan holatda ham ishonmaslikka chorlaymiz, chunki bu jinoyat maqsadida keltirilgan bahona bo‘lishi mumkin.

Bu kabi talab bilan uyingizga biron-bir kimsa kelgan taqdirda «102» qisqa raqamiga yoki hududingizda faoliyat yurituvchi profilaktika inspektoriga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech