17 Iyul 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +26,4 °C

Mamlakatimizda
11 Iyul  2019 363

IIV internet saytlarda tarqatilgan xabar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

Surxondaryoda profilaktika inspektori hamda unga yordamchi posbon yuk avtomobili haydovchisini kaltaklagani haqidaga xabarlar bo‘yicha Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

Aniqlanishicha, 2019-yilning 25-iyun kuni Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasidan tuman IIBga kelib tushgan xabarnomaga ko‘ra, joriy yilning 24-iyun kuni soat 23:20 larda Sariosiyo tumani “Marjona” mahallasida yashovchi “To’palang MG Holding” mas'uliyati cheklangan jamiyatga qarashli “MAN” rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Abdusalom Nurovni “Chilonzor” mahallasi profilaktika inspektori Ishmurzaev Quvondiq urib tan jarohati yetkazilganligi bildirilgan.

Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Sariosiyo tumani IIB navbatchilik qismida qayd etilgan.

Haydovchi Abdusalom Nurov va profilaktika inspektori Quvondiq Ishmurzaevlarning ko‘rsatmalarida qarama-qarshiliklar hamda amaldagi qonunchilikka asosan ichki ishlar organlari xodimlari bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqilishini inobatga olib, barcha materiallar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun Sariosiyo tumani prokuraturasiga yuborilgan.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech