26 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +24,6 °C

Mamlakatimizda
13 May  2019 697

IIV OAVda tarqalgan xabar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi

Ichki ishlar vazirligi “Andijonlik yigit organ xodimlarining qiynog‘idan so‘ng o‘zini osganligi iddao qilindi” sarlavhasi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Shu yilning 11-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi nom bilan tarqatilgan xabar Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, 2019-yilning 4-may kuni soat 16.00larda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahar B.Raximov ko‘chasida joylashgan “Zamin” oshxonasi oldida o‘zini shubhali tutgan X.M. ismli ayol to‘xtatilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganida, M.X. o‘z ixtiyori bilan qo‘lidagi 1 dona konvalyutada bo‘lgan “Fenazepam” psixotrop vositasini taqdim qilgan. Ayoldan ushbu psixotrop vositani qaerdan olganligi so‘ralganida, u buni 40 ming so‘m evaziga, o‘ziga tanish bo‘lgan Andijon shahar, “Mustaqillik” mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi, muqaddam sudlangan va hozirda ozodlikdan cheklash jazosini o‘tayotgan B. Yu. dan olganligini ma'lum qilgan.

B.Yu. bilan o‘tkazilgan suhbatda u xaqiqatdan ham singlisi, muqaddam sudlangan va hozirda 2 yillik sinov muddatini o‘tab kelayotgan G.X. ga telefon qilib, uni topshirig‘iga asosan G.Xning tanishidan “Fenazepam” psixotrop vositasini olib, M.Xaydarovaga berganligini malum qilgan. 

Mazkur holatni hujjatlashtirish maqsadida, tezkor xodimlar tomonidan ushbu ishga aloqador shaxslar Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi binosiga olib kelinib, gumon qilingan shaxslar bilan bog‘liq holatlar rasmiylashtirilib, B.Yu. va M.X.larning ko‘rgazmalari ikki nafar xolislar ishtirokida videotasvirga tushirilgan.

2019-yil 4-may kuni mazkur holatni rasmiylashtirish jarayonida fuqaro B.Yu. va M.X.lar bilan bog‘liq surishtiruvni to‘la, har tomonlama va xolisona bo‘lishini ta'minlash maqsadida tibbiyot xodimlari ishtirokida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning sog‘lomligi haqidagi ma'lumotnoma ish hujjatlariga qo‘shilgan.

Surishtiruv hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy hal etishlik uchun Andijon shahar IIO FMB Tergov bo‘limiga taqdim etilgan.

2019-yil 10-may kuni Andijon shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-son ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tayanch punktlari profilaktika inspektori F.Isamiddinov shu kuni soat 19.00larda B.Yu. noma'lum sabablarga ko‘ra, yashash uyi omborxonasining to‘siniga arqon bilan o‘zini-o‘zi osib o‘ldirganligini telefon orqali xabar qilgan.

Voqyea joyi tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan va ko‘zdan kechirish vaqtida B.Yu.ning yotoqxonasidan karton qutining ichki tarafiga ko‘k siyohli qalamda “Mendan rozi bo‘linglar, meni kechiringlar” yozuvi mavjud qo‘lyozma olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmokda.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech