21 Noyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +6,6 °C

Transport
15 Oktyabr  2019 560

Ichki va davlatlararo poezdlarga 60 foizgacha chegirmalar e'lon qilindi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ mamlakat ichida qatnaydigan ba'zi poezdlarga (barcha toifadagi vagonlar uchun)  20 dan 60 foizgacha (chiptalarni sotib olish muddatiga qarab) chegirmalarni e'lon qiladi. Bu haqda  “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar qiladi.

Xususan, 060/059, 062/061-sonli poezdlarda «Toshkent – Andijon – Toshkent» yo‘nalishiga quyidagi miqdorlarda chegirmalar taqdim etiladi:

- poezd ketishidan 2 dan 5 kungacha oldin chipta sotib olish sharti bilan – 20 foiz;

- poezd ketishidan 6 dan 45 kungacha oldin chipta sotib olish sharti bilan – 60 foizgacha.

«Toshkent – Shahrisabz – Toshkent» yo‘nalishida, 007/008-sonli ichki poezdga barcha toifadagi vagonlar uchun quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim etiladi:

- poezd ketishidan 2 dan 5 kungacha oldin bo‘lgan chiptani sotib olish sharti bilan – 50 foiz;

- poezd ketishidan 6 dan 45 kungacha oldin chipta sotib olish sharti bilan – 60 foizgacha.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga davlatlararo poezdlar uchun platskarta narxi tarifidan 50 foizli chegirma kiritildi. O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikasi yo‘nalishi bo‘yicha qatnaydigan davlatlararo yo‘lovchi poezdlariga barcha turdagi vagonlar uchun chegirma platskarta chiptalari narxi tarifidan 30 foizni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, ilgari davlatlararo poezdlarda chegirmalar faqat bir yo‘nalishda – O‘zbekistondan Rossiyaga taqdim etilgan. Endi chegirmali chiptalarni Rossiya Federatsiyasi hududida ham sotib olish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech