21 Yanvar 2020

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +2,2 °C

Mamlakatimizda
14 Dekabr  2019 554

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Ikramov senator Farrux Dadaxo‘jaevning so‘zlariga munosabat bildirdi

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining joriy yil 13 dekabrda bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida, qo‘mita raisi, senator Farrux Dadaxo‘jaev yo‘llardagi patrul postlari faoliyati yuzasidan to‘xtalib, xususan, katta yo‘llar bo‘yidagi patrul postlarining har biri kriminalning uyasi ekani, noqonuniy postlar borligi hamda yo‘l bo‘ylarida «Stop» belgisini qo‘yishda noqonuniyliklar kuzatilishi haqida fikr bildirgan edi.

Bunday sub'ektiv yondashuv Farrux Dadaxo‘jaev tomonidan ilgari ham, profilaktika inspektorlarining xizmat mashinalariga benzin quyish nonvoychilarga qolib ketgan, deb bildirgan fikrida ham kuzatilgan edi.

Mazkur fikr xususida Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Azizbek Ikramov quyidagicha izoh berdi.

Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini ta'minlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iboratdir.

Xalq posboni bo‘la turib, huquqbuzarlik sodir etgan har qanday xodim qat'iy javobgarlikka tortiladi. Biroq, xech kimning ichki ishlar organi xodimlarini qonunchilikni buzishda asossiz ayblashga xaqqi yo‘q.

Mutassadi rahbarlardan ommaviy axborot vositalariga bayonot berishda aniq faktlarga asoslanishlarini va noo‘rin hamda xaqoratomuz gaplardan qochishlarini talab qilaman, deydi Azizbek Ikramov.

Shuningdek, «To‘xtamasdan harakatlanish ta'qiqlangan» («Stop») belgisini o‘rnatilishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari”ning 1-ilovasida aniq belgilab qo‘yilganligini, ichki ishlar organlari esa belgilangan tartibni ijrochisi ekanligini eslatib o‘tmoqchiman, deydi A. Ikramov o‘z bayonotida.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech