21 Avgust 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +22,8 °C

Mamlakatimizda
7 May  2019 1198

Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari tavsiyanoma asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hukumat qarori bilan Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi (2019 yil 6 may, 375-son). 

Mazkur nizom ichki ishlar organlarining shahodatlangan xodimlari, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoatchilik xavfsizligini ta'minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan xodimlarining farzandlariga nisbatan tatbiq etiladi, deb xabar bermoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Shunga ko‘ra, tavsiyanoma (taqdimnoma) bir davlat oliy ta’lim muassasasining bakalavriati (ikkinchi ta’limdan tashqari) hamda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining kunduzgi yoki sirtqi ta’lim shakliga bir marta kirish uchun uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi.

Tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish uchun komissiya tuziladi.

Hujjatlar komissiyaga har yili 15-martgacha taqdim etiladi.

Komissiya ularni har yili 1-aprelgacha ko‘rib chiqib, bu bo‘yicha bayonnoma tuzadi.

Tavsiyanoma olganlarning ro‘yxati shu asosda Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Ro‘yxat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga har yili 1-maygacha yuboriladi. 

Tavsiyanomaga asosan o‘qishga qabul qilingan talaba (kursant) o‘qishdan chetlashtirilgan taqdirda (shu jumladan o‘z xohishi bilan o‘qishdan ketganda) ularga tavsiyanoma qaytadan berilmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech