24 Aprel 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +9,8 °C

Madaniyat
1 Aprel  2019 570

I Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining eng yosh baxshisi 5 yoshda

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida o‘tkaziladigan I Xalqaro baxshichilik san'ati festivalining eng yosh baxshisi 5 yoshda. U hozirda ko‘pchilik e'tiborida bo‘lib turibdi. G‘olibjon Oribov 2013 yil 29-sentyabrda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan.

 

Ushbu festival nafaqat tadbir ishtirokchilarini, balki yoshlarni ham birdek jalb qilmoqda. G‘olibjon yoshligidan zehni o‘tkir, qiziquvchan, rasm chizishga, ularni har xil ranglarga bo‘yashga, she'r yodlashga, qo‘shiq aytishga va raqsga tushishga juda qiziqadi. U «baxshilik» yo‘nalishining 1-sinf o‘quvchisi, shu yo‘nalishda ta'lim berayotgan Mahammad Baxshi Eshboevdan baxshilik san'atining sir-sanoatlarini o‘rganib kelyapti.

U uchun bu festival haqiqiy mahorat maktabi bo‘ladi. O‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘la oladigan ishtirokchi bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech