17 Sentyabr 2019

00:00:00 (GMT+5)

Toshkent +28,2 °C

Turizm
12 Sentyabr  2019 736

Qo‘qonda I Xalqaro hunarmandchilik festivali boshlandi

Xudoyorxon o‘rdasi maydonidan markaz yo‘nalishida I Xalqaro hunarmandchilik festivali qatnashchilari tantanali yurishni amalga oshirishdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov hamda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xudoyorxon o‘rdasi hududida joylashgan Hunarmandlar shaharchasi xalq sayllari, qo‘g‘irchoqbozlik, dorbozlar folklor jamoalari, viloyatlar madaniyat boshqarmalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturlari bilan bayramona qiyofa kasb etmoqda. Qiziqchilar, jarchilar hamda xon saroy a'yonlari libosidagi aktyorlarning ishtiroki tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shu bilan birga, bugunning o‘zida shu yerda Jahon hunarmandlar kengashining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha Prezidenti Kadda Kadumi xonimning kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Bundan tashqari, mohir ustalar amaliy san'at buyumlarini o‘z qo‘li bilan yasashni istaganlarga mahorat darslari va treninglar o‘tkazishmoqda. Mahorat darslari Rishton, G‘ijduvon, Urgut, Toshkent, Kattabog‘, Madir, Samarqand, Andijon, G‘urumsaroy, Shahrisabz kulolchilik maktablari namoyondalari tomonidan o‘tkazilmoqda. Festival ishtirokchilarini kun davomida, shuningdek, Farg‘ona viloyatining diqqatga sazavor qadimiy va zamonaviy maskanlariga sayyohat kutmoqda. Marg‘ilon shahriga sayohat, Said Ahmadxo‘ja eshon madrasasida joylashgan Hunarmandlar markazi, Yodgorlik korxonasi hamda kandakor Abdulhamid Madaliev, to‘quvchi Rasuljon Mirzahmedov va Abdunabi Toshtemirov ustaxonalari shular jumlasidandir. Madrasai Mir, Xo‘jaxon qozi, Xaziniy madaniy meros ob'ektlari, Rassomchilik va miniatyura maktablari vakillarining mahorat darslari mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirishi shubhasiz. 

O‘xshash yangiliklar

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech